Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Makkai mukarramadagi Haramda yuz bergan fojea videosi keng tarqalmoqda. Video tasvirda Haramning yuqori qavatidan bir ayol pastga tushib ketgan va unga birinchi yordam ko`rsatayotganlar orasida o`zbekistonlik ziyoratchi ham ko`ringan.
Shu sababli yiqilgan ayol ham o`zbekistonlik ziyoratchilardan biri degan noto`g`ri ma`lumot tarqalgan.
Fojea 22 avgust, seshanba kuni yuz bergan edi.
O`zbekiston ishchi guruhi mazkur masalani atroflicha o`rgandi. O`zbekistondan kelgan ziyoratchilar sog`-salomat holda ibodatlarini davom ettirmoqda, deb xabar beradi musulmonlar idorasi rasmiy sayti.
Haram xavfsizlik xizmati yiqilgan ayol efiopiyalik ziyoratchilardan ekanini aniqladi.






