2017 yil 25 avgust kuni soat 10.00 da O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati o`n birinchi yalpi majlisi ikkinchi ish kuni boshlandi, deb xabar beradi O`zA.
Senatorlar Toshkent viloyati To`ytepa shahri nomini o`zgartirish to`g`risidagi masalani ko`rib chiqdilar.Unga ko`ra, To`ytepa shahri nomi Nurafshon shahri, deb o`zgartirildi.Ayni paytda O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga o`zgartirishlar kiritish to`g`risidagi masala ko`rib chiqilmoqda.






