— Endigina 20 yoshga to`ldim. Yuzimda bo`lsa mayda ajinlar ko`payib ketayapti. Іozirdan shunday bo`lsa, keyin nima bo`lishini o`ylagim ham kelmaydi. Ajinlardan qanday halos bo`lish mumkin?
A.R
Savolga kosmetolog Barchinoy NABIEVA javob beradi:
— Kislorod etishmasligi, kam uyqu, ovqatlanishga e`tiborsizlik, kamharakatlilik, jizzakilik ajinlarning ko`payishiga olib keladi. Avvalo, tindirib olingan sovuq suvda yuvinishga odatlaning. Yaxshisi, bir piyola mineral suvda yuvingan ma`qul. Yuz mimikasini yaxshilovchi maxsus gimnastika mashqlari (feysbilding) ham yaxshi yordam beradi. Bundan tashqari, har kuni yotishdan oldin zaytun yog`ini qo`llarda qizdirib, yuzni 5 daqiqa uqalash kerak. Bu teriga yoshartiruvchi ta`sir ko`rsatadi. Yuzga issiq kompress qo`yib, ortidan sovuq suvda chayish yoki muz bo`lakchalarida artish ajoyib ta`sir ko`rsatadi. Bu muolajadan keyin yuzdagi mayda ajinlar yo`qoladi, teri ham taranglashadi.






