2017 yil 22 avgust kuni Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tezkor navbatchisiga Urganch shahrida yashovchi fuqaro Sh.E. tomonidan qo`shnisi B.L. 4 5 kundan buyon ko`rinmay qolganligi haqida murojaat kelib tushdi, deb xabar beradi FVV matbuot xizmati.
Mazkur murojaatga asosan, navbatchilikda bo`lgan qutqaruvchilar zudlik bilan belgilangan manzilga etib bordi. Qutqaruvchilar mahalla raisi va qo`shnilar ishtirokida B.L. uyining temir eshigini maxsus asbob-anjomlar yordamida ochganida, fuqaro B.L. uyining ichida betob holda yotganligi aniqlandi. Qutqaruvchilar tomonidan unga birinchi yordam amalga oshirildi hamda shifokorlarni chaqirib bemorga malakali tibbiy yordam ko`rsatildi.
Qo`shnilarning hushyorligi hamda qutqaruvchilarning hatti-harakatlari natijasida bir insonning hayoti asrab qolindi






