AsosiyJamiyat

​O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI SENATINING O`N BIRINChI YaLPI MAJLISI O`Z IShINI BOShLADI

'​O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI SENATINING O`N BIRINChI YaLPI MAJLISI O`Z IShINI BOShLADI'ning rasmi

Bugun soat 10.00 da Toshkentda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o`n birinchi yalpi majlisi ochiq, deb e`lon qilindi.

Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

Senatning yalpi majlisi kun tartibidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko`lamli islohotlar samaradorligini tubdan oshirishga qaratilgan O`zbekiston Respublikasining qator qonunlari muhokamasi, Toshkent viloyatining To`ytepa, Yangiyo`l va Ohangaron shaharlarini viloyat bo`ysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish to`g`risidagi, shuningdek, Senat vakolatiga kiradigan boshqa masalalar o`rin olgan.

Yalpi majlisda ayni paytda senatorlar kun tartibidagi birinchi masala – “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta`minlash to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasining qonunini ko`rib chiqmoqda.

    Boshqa yangiliklar