Sirojiddin Sayyid - iste`dodli va izlanuvchan shoir. U tafakkurining yangiligi, teranligi, ruhiyat shoiri ekanligi bilan e`tiborga sazovor.
Uning she`riyatida xalq og`zaki ijodiga xos sodda, lo`nda ifoda usuli mumtoz adabiyotimiz ohanglari bilan uyg`unlashib ketadi. 2006 yilda unga «O`zbekiston xalq shoiri» unvoni berildi.
Shoir adabiyot sohasi bo`yicha «Ochil, ey gul, ki bo`ston vaqti bo`ldi» nomli kitobi uchun mustaqillikning 26 yilligi arafasida Prezident Shavkat Mirziyoev tomonidan Ikkinchi darajali davlat mukofoti bilan taqdirlandi.






