AsosiyDunyo

EKSTREMISTIK VIDEOLARNI TARQATGAN ERKAK 5 YILGA QAMALDI

'EKSTREMISTIK VIDEOLARNI TARQATGAN ERKAK 5 YILGA QAMALDI'ning rasmi

Angliyaning Brendford shahrida yashovchi Sagir Huseyn (Sagheer Hussain) “Islom davlati” terrorchilik guruhiga tegishli bo`lgan ekstremistik videoroliklarni tarqatganligi uchun 5 yilga ozodlikdan mahrum etildi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.

39 yoshli erkak o`zining Google+ ijtiomiy tarmog`idagi shaxsiy sahifasiga uchta videorolikni joylashtirgan va unga terrorchilarni qo`llab-quvvatlovchi izoh yozgan. Mazkur videorolik olib tashlangunga qadar foydalanuvchilar tomonidan 25 ming marotaba tomosha qilingan.

Sagir Huseyn yanvar oyida antiterroristik tashkilot tomonidan qamoqqa olinib, mamlakat jinoyat kodeksining ektremistik xususiyatga ega ma`lumotlarni tarqatganlik to`g`risidagi moddaning uchta bandi bo`yicha ayblangan edi.

    Boshqa yangiliklar