AsosiyDunyo

JANUBIY XITOYDA “XATO” TAYFUNI TUFAYLI 12 KIShI HALOK BO`LDI

'JANUBIY XITOYDA “XATO” TAYFUNI TUFAYLI 12 KIShI HALOK BO`LDI'ning rasmi

Chorshanba kuni Janubiy Xitoyga yopirilgan “Xato” tayfuni oqibatida 12 kishi halok bo`ldi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.

Tayfun Xitoyning Makao va Gonkong ma`muriy tumanlari, Guandun va Fuszyan provinsiyalarida yashovchi odamlarning hayotiga zomin bo`ldi.

Makaoda tayfun tufayli jabrlanganlar soni 153 kishini, halok bo`lganlar soni esa 8 kishini tashkil qildi. Guandun viloyatida esa tabiiy ofat tufayli 2 kishi halok bo`lgan. Gonkongda qurbonlar bo`lmasa-da, 120 kishi turli tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizildi.

Tayfun mamlakatning transport tizimiga ham salbiy ta`si r ko`rsatdi. Bir necha tezyurar poezdlar qatnovi to`xtatildi, aeroportda ichki va tashqi reyslar bekor qilindi.

    Boshqa yangiliklar