AsosiyJamiyat

​HUKUMAT O`QITUVChI VA TIBBIYoT XODIMLARINI PAXTA YIG`IM-TERIMIGA JALB ETIShNI TAQIQLADI

'​HUKUMAT O`QITUVChI VA TIBBIYoT XODIMLARINI PAXTA YIG`IM-TERIMIGA JALB ETIShNI TAQIQLADI'ning rasmi

Hukumat ta`lim va sog`liqni saqlash sohalari xodimlarini paxta yig`im-terimiga jalb etishni taqiqladi.

O`zbekiston hukumati 2017 yilgi paxta hosilini yig`ib olishga voyaga etmagan yoshlar hamda sog`liqni saqlash va ta`lim sohalari tashkilotlari va xodimlarini jalb etishni qat`iyan taqiqladi.

15 avgust kuni AQSh Senatning xalqaro munosabatlar bo`yicha Qo`mitasi delegasiyasi bilan uchrashuvda bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o`rinbosari Erkin Muhitdinovning xabar berishicha, 8 avgust kuni Vazirlar Mahkamasi tegishli bayonnoma qarorini imzolagan, deb yozadi "Gazeta.uz".

Erkin Muhitdinov umummilliy axborot kampaniyasi sharofati bilan jamoatchilik endilikda taqiqlangan mehnat munosabatlari amaliyotlari to`g`risida yaxshiroq xabardor qilinmoqda.

Uchrashuvda bolalar mehnatiga yo`l qo`ymaslik, O`zbekistonda odam savdosi profilaktikasi bo`yicha olib borilayotgan islohotlar hamda mehnat migrasiyasi sohasidagi qayta o`zgarishlar bilan bog`liq masalalar muhokama qilindi.

    Boshqa yangiliklar