Rossiyalik mashhur xonanda Alla Pugachyova 17 ming rubllik nafaqasi kamligidan nolidi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.
Afsonaviy xonanda Alla Pugachyova nafaqasi 17 ming rubldan oshmasligini ma`lum qildi. Pugachyova “SSSR xalq artisti” va “Chernobil AESi halokati ishtirokchisi” sifatida maxsus qo`shimchalar bilan birga yuqoridagi miqdorda nafaqa oladi.
Alla Pugachyova nafaqaga chiqqanda, uning turmush o`rtog`i Maksim Galkin sobiq sho`ro tuzumi davrida Alla Pugachyovaning million adadda plastinkalari chiqqanligini, Chernobilda konsertlar o`tkazganligini, bir umr tinmay mehnat qilganiga qaramay, arzimagan nafaqa olayotganligini ma`lum qildi.
Nashrning xabar berishicha, xonanda nafaqasi kamligi haqida 25 millionga tushgan nabirasining to`yiga tashrif buyurgan mehmonlarga noligan. “Nafaqam kam bo`lsa ham yana bir yil yordam bera olaman!”, dedi Pugachyova nabirasiga yana bir yil yordam bera olishiga shama qilib.
Mish-mishlarga qaraganda, Alla Pugachyova juda ko`pchilikka yordam beradi. U nogironlik aravasiga mixlangan muxlisiga muntazam ravishda moddiy yordam berib keladi. Shu bilan birga sahna faxriylaridan ham yordamini ayamaydi. Artist Tatyana Samoylova hayotligida poliklinikaga qatnashi uchun unga avtomobil sovg`a qilgan edi.
Nafaqasi kamligidan noliganiga qaramay, Forbes talqiniga ko`ra, Alla Pugachyova Rossiyaning eng mashhur va boy odamlari ro`yxatiga kiritilgan. Nashr reytingiga ko`ra, xonanda yiligi 4 million dollar ishlab topadi. Ayni kunlarda uning boyligi taxminan 100 million dollar, deb baholangan.






