AsosiyDunyo

​XITOYDA TO`XTASh MUMKIN BO`LMAGAN JOYDA TO`XTAGAN MAShINA UYNING TOMI USTIGA EVAKUASIYa QILINDI

'​XITOYDA TO`XTASh MUMKIN BO`LMAGAN JOYDA TO`XTAGAN MAShINA UYNING TOMI USTIGA EVAKUASIYa QILINDI'ning rasmi

Xitoyning Bensi shahrida yashovchi 38 yoshli ayol mahalliy uylarning pod`ezdlaridan biriga kirish yo`lagini yopib qo`ydi va jarima to`lashdan bosh tortdi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.

Ayolning bino qorovuli bilan bo`lgan tortishuvi sekyuritining ko`tarma kran chaqirib, mashinani yaqin o`rtada qurilayotgan uy tomi ustiga joylashtirishi bilan yakunlandi.

Mahalliy aholi janjalkash ayolning avtomobiliga qo`li etolmasligidan mamnun bo`ldi. Uy tomi ustida turgan mashina surati ijtimoiy tarmoqlarda chaqmoq misoli keng tarqaldi.

Oradan ko`p o`tmay, hodisa joyiga polisiyachilar etib keldi. Ular voqeaga oydinlik kiritish, janjalni bartaraf etish maqsadida uy qorovuli va jabrlanuvchi ayolni polisiya uchastkasiga olib ketishdi. Birozdan keyin boshqa kran chaqirilib, avtomobil uy tomidan tushirildi.

    Boshqa yangiliklar