Tailandning Chachengsau shahrida yashovchi 42 yoshli Fanamum Leken ismli ayol mushugi deraza tagida o`lib yotganligini ko`rib, dahshatga tushdi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.
Ammo mushugi kim tomonidan o`ldirilganligini bilgan ayol battar qo`rqib ketdi. U 13 yoshli o`g`lining karavoti tagidan ulkan bo`g`ma ilonning dumi chiqib turganligini ko`rdi. Yaxshiyamki, ilon bolaga hujum qilishga ulgurmadi.
Quyidagi videorolikdan hayvonlarni himoya qilish tashkiloti xodimlarining bo`g`ma ilonni karavot tagidan olib chiqayotganligini ko`rishingiz mumkin. Ilon erkaklardan birining qo`lini tishlab oldi, ammo jarohat xavfsiz bo`lib, unga hech qanday ziyon etmadi. Qo`lga olingan ilon yaqin o`rtadagi o`rmonga qo`yib yuborildi.






