AsosiySport

RONALDUNING SUPER GOLI “REAL”GA G`ALABA KELTIRDI (VIDEO)

'RONALDUNING SUPER GOLI “REAL”GA G`ALABA KELTIRDI (VIDEO)'ning rasmi

1979 yildan buyon har yili an`anaviy tarzda o`tkazilib kelinayotgan Santyago Bernabeu kubogi doirasida kecha “Real” o`z maydonida Italiyaning “Fiorentina” klubini qabul qildi va 2:1 hisobida g`alaba qozondi.

Dastlab 4-daqiqada florensiyaliklar hisobni ochishga muvaffaq bo`ldi. Ammo 3 daqiqada keyin Mayoral muvozanatni tikladi. 33-daqiqada Ronaldu super gol kiritdi va madridliklarning g`alabasini ta`minladi.

"Real" Madrid Ispaniya – "Fiorentina" Italiya 2:1 (2:1, 0:0)

Gollar: 0:1 – 4 Veretu, 1:1 – 7 Mayoral, 2:1 – 33 Ronaldu.

“Real” Madrid – Kasilya (Zidan, 46), Nacho (Manu, 46), Xakimi, Teo, Ramos (Texero, 46), Sebalos (Kroos, 72), Asensio (Isko, 62), Markos Lorente (Beyl, 72), Vaskes (Oskar Rodriges, 72), Ronaldu, Mayoral (Kazemiro, 72).

“Fiorentina” – Sportello (Drongovski, 46; Cherofolini, 87), Pesselya (Milenkovich, 46), Brunu Gashpar (Tomovich, 46), Astori (Olivera, 46), Biragi (Vitor Ugo, 46), Veretu (Kristoforo, 46), Badel (Sanches, 46; Xristov, 90), Jil Diash (Benassi, 46), Esserik (Xaji, 46; Fernandes, 70), Keza (Zexnini, 46), Simeone (El-Babakar, 46).

    Boshqa yangiliklar