O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasi ko`rsatuvlari jonli efirda chiqishi to`xtagani haqidagi xabarlar o`z tasdig`ini topmadi.
Bu haqda "Daryo" xabar bermoqda.
Bir qator nashrlarda O`zbekiston televideniesida ko`rsatuvlarning jonli efirga chiqishi to`xtatilgani, xususan, Xalqaro press-klub anjumanlari «O`zbekiston 24» va boshqa telekanallarda to`g`ridan-to`g`ri efirda uzatilmaydigan bo`lgani haqida xabarlar berilgan edi. Bundan tashqari, «O`zbekiston» telekanalidagi Quddus A`zam muallifligidani «Munosabat» ko`rsatuvi ham jonli efirdan olingani aytilgan edi.
"Yoshlar" telekanalidagi manbaning ma`lum qilishicha, kanalning «Davr mavzusi» ko`rsatuvi 22 avgust kuni ilk bor to`g`ridan-to`g`ri efirda namoyish etilgan. «O`zbekiston 24» telekanalidagi manbaning so`zlariga ko`ra, yangiliklar dasturlari, intervyularning jonli efirdagi namoyishi davom etmoqda. Xususan, 23 avgust kuni to`g`ridan-to`g`ri efirda senator Alisher Kurmanov bilan uyushtirilgan.
"O`zbekiston" telekanalidagi manbaning ma`lum qilishicha, jonli efirdagi ko`rsatuvlar namoyishi vaqtincha — efir bayram dasturlari bilan to`lib ketgani munosabati bilan to`xtatilgan. Sentyabr oyida shu kungacha jonli efirda chiqqan ko`rsatuvlar to`g`ridan-to`g`ri efirga qaytadi.






