“Toshkent: kecha va bugun” mavzusidagi badiiy ko`rgazmani o`tkazishdan ko`zlangan asosiy maqsad istiqlol yillarida Toshkentda amalga oshirilgan keng ko`lamli bunyodkorlik va yaratuvchanlik ishlarini fotografiya, rangtasvir asarlari vositasida namoyish etish, yoshlar ongiga tinch va osoyishta, saodatli kunlarimizning, istiqlolning qadriga etish g`oyalarini chuqur singdirishdan iboratdir, deb yozadi O`zA.

[left]
[/left]Ko`rgazmadan professional va havaskor musavvirlar, fotoijodkorlarning 300dan ortiq ijodiy ishi o`rin olgan. Ularda Toshkentning kechagi kuni, bugungi taraqqiyoti, mahallalari, muhtasham binolari, bozorlari, umrboqiy an`ana va qadriyatlari aks ettirilgan. 
Foto: O`zA





