AsosiyDunyo

​Ukrainada Stepan Bandera haykali ostidan inson jasadi qoldiqlari topildi

'​Ukrainada Stepan Bandera haykali ostidan inson jasadi qoldiqlari topildi'ning rasmi

Ukrainaning Ternopol shahridagi T.Shevchenko xiyoboniga kirish joyidagi Stepan Bandera atab o`rnatilgan yodgorlikni ta`mirlash vaqtida inson jasadi qoldiqlari aniqlandi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.

Bu topilma haqida ish boshqaruvchi polisiyaga xabar berdi. Voqea joyiga tezkor-tergov guruhi va qutqaruvchilar etib keldi. Ular jasad qoldiqlari ikki kishiga tegishli ekanligini aniqladi. Jasad qoldiqlari yonidan 1849 yil tamg`asi bosilgan poyafzal topildi. Jasadlar XIX asrga tegishli degan taxmin ilgari surildi. Suyaklar sud-tibbiyot ekspertizasiga yuborildi. Tergov o`lim sabablari va jasadlarning qanday qilib, xiyobonga kelib qolish sabablarini aniqlamoqda.

    Boshqa yangiliklar