AsosiySport

Andrey Miklyaev: Guruhdan chiqish uchun imkoniyatimiz bor

'Andrey Miklyaev: Guruhdan chiqish uchun imkoniyatimiz bor 'ning rasmi

OChL–2017 turniri “A” guruhi 4-turidan o`rin olgan “Lokomotiv” – “Istiqlol” (1:1) urashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida “temiryo`lchilar” ustozi Andrey Miklyaev hamda uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi Ikrom Aliboev ishtirok etib, uchrchashuv borasida o`z fikrlarini bildirb o`tdi.

“Uch ochko qo`lga kiritishga yaqin edik, kayfiyatimiz uchnalik yaxshi emas. Ikkinchi bo`limda o`yinimiz o`xshamadi. G`alaba qozonish uchun maydonga tushgan edik. Masharipovning Krizoga almashtirilishi xato emas. Hisob 1:1 bo`lgan vaziyatda Bikmaev gol urishga yaqin edi. Krizo esa o`sha hujumda to`pni saqlab qolgandi.

Har ikki jamoa maydonga kurashish uchun maydonga tushadi. Ikkinchi bo`limda maydon markazida o`yinni boy berdik. Muhim futbolchilarimiz Temur Kapadze va Salamat Qutiboev yo`qligi bilindi. O`yin yakunidagi xatoliklar zanjiri raqibning gol urishiga olib keldi. Bugungi o`yin natijasiga qaramay, guruhdan chiqish uchun imkoniyatimiz bor”, – dedi Andrey Miklyaev.

“Afsuski, bugun ochko yo`qotdik. Buning uchun muxlislardan uzr so`raymiz. Nasib qilsa keyingi o`yinlarda g`alaba qozonib, guruh bosqichidan chiqishga harakat qilamiz”, – dedi Ikrom Aliboev.

Boshqa yangiliklar