O`zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov OChL–2017 turniri “F” guruhi 5-turidan o`rin olgan “Shanxay SIPG” (Xitoy) – “Seul” (Janubiy Koreya) uchrashuviga bosh hakam etib tayinlandi.
Unga qanotlarda Adbuhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov assistentlik qiladi. To`rtinchi hakam vazifasini tailandlik Mongkolchai Peshri bajaradi. Uchrashuv komissari etib tailandlik Pairit Tanpairi tayinlandi. Hakamlar nazoratchisi – Subhiddin bin Muhammad Salah (Malayziya).
Ma`lumot uchun, “Shanxay SIPG” – “Seul” uchrashuvi 26 aprel kuni Shanxay shahridagi Shanghai Stadium maydonida bo`lib o`tadi. O`yin mahalliy vaqt bilan 19:30 (Toshkent vaqti bilan 16:30)da boshlanadi.






