AsosiySUG'DIYONA

​Ajrimga sabab bo`layotgan 3 sabab

'​Ajrimga sabab bo`layotgan 3 sabab'ning rasmi

Amerikalik psixolog Djon Gottman oxiri ajrim bilan tugallanadigan er- xotin munosabatlarini aniqladi..

YoMON KO`RISh BELGILARI: er-xotindan biri ikkinchisining ustidan kulib, yomon ko`rishini hamma oldida ham bildirishni boshlaydi. Ataylab yomon so`zlar ishlatadi, ustidan kuladi. Uning fikri bilan qiziqmaydi. Qadriga etmaydi va o`zini undan ustun deb baholaydi.

NIMA QILISh KERAK: o`zingizni turmush urtog`ingiz o`rniga qo`yib ko`ring, uning ko`zi bilan vaziyatga baho bering. Har safar oyoqosti qilayotganingizda uning sizga qilgan yaxshiliklarini eslang.

TANQID BELGISI:

er yoki xotin yo`l qo`ygan xatoliklarni kechirmasdan yuziga solaverish. "Sen odam bo`lmaysan!" deb o`z xulosasini paydo qilish.

NIMA QILISh KERAK: suhbatda alamzadalikni va ayblashni to`xtating. Yaxshisi kechirim so`rang. Endi hech nima bo`lmagandek chuqur nafas oling.

NIZODAN QOChISh BELGILARI:

Janjal, tortishuv, har doimgidek ayblov va oxir-oqibat nafrat, g`azab, yomon ko`rish kabi kundalik hayot shunchalik jonga tegadiki, hech nimani eshitmaslikni istab qoladi go`yo. Ayblovlarga javob televizorga mixlanish, uzoqlarga ketib qolish, hech narsani eshitmasdan, ko`rmasdan yashash-hissiyotlarini o`ldirish!

NIMA QILISh KERAK: qochmang, ichingizdagi mungni yutmang, biroz ko`z yoshiga erk bering. Yomonlamasdan, ayblamasdan, asabiylashmasdan muammoni siz bilgandek ayting.

Boshqa yangiliklar