Bugun Toshkentning “Paxtakor” klubida yig`ilish bo`lib o`tgani hamda unda Usmonov Alisher Burxonovich Usmonov “Paxtakor” klubining yangi aksioneri sifatida e`lon qilingani haqida Championat.asia nashri xabar tarqatgandi.
Yig`ilishda, shuningdek Milliy olimpiya qo`mitasi vise-prezidenti, O`zbekiston Paralimpiya assosiasiyasi raisining o`rinbosari Axmatjanov Umid Maxamatjanovich “Paxtakor” klubining bosh direktori etib tayinlangani ham aytilgandi.
“Paxtakor” klubning “Tvitter”dagi sahifasida ushbu xabar noto`g`ri ekani haqida ma`lum qilindi.
"Paxtakor" futbol klubi https://t.co/KVUHBhGfRu saytida klub haqida paydo bo`lgan ma`lumot noto`g`ri ekanligini ma`lum qiladi.
— FC Pakhtakor (@fc_pakhtakor) 10 aprelya 2017 g.






