AsosiyDunyo

​Turkish Airlines bortida 13 km balandlikda qizcha dunyoga keldi (foto)

'​Turkish Airlines bortida 13 km balandlikda qizcha dunyoga keldi (foto)'ning rasmi

Turkish Airlines aviakompaniyasining Konakri–Uagadugu–Istanbul yo`nalishi bo`yicha reysni amalga oshirayotgan Boeing 737 layneri ekipaj a`zolari Nafi Dyabi ismli yo`lovchining farzandini dunyoga keltirishga yordam berdi.Bu haqda “1news.az” xabar bermoqda.


Kadiju deya ism qo`yilgan qizaloq 12 800 metr balandlikda dunyoga keldi. Gvineya poytaxtidan Burkina-Faso poytaxti tomon havoga endigina ko`tarilgan samolyot yo`lovchilari tug`uruqni qabul qilgan styuardessalarga yordamga oshiqdi.


Samolyot Uagaduguga qo`ngach ona va qizaloq tug`uruqxonaga etkazildi. Ona va bola anchagina charchagan bo`lsa-da, o`zini yaxshi his qilmoqda.



Ma`lumotlarga ko`ra, Nafi Dyabi homiladorlikning 28-haftasida edi. Reys yo`lovchilari tezkorlik va professionallik uchun Turkish Airlines xodimlariga maqtovlar yo`lladi.


Boshqa yangiliklar