Asli o`zbekistonlik bo`lgan milliarder Alisher Usmonov Toshkentning “Paxtakor” jamoasi aksioneriga aylanishi mumkin, deb yozadi “Championat.asia”.
«Bugun Toshkentda mish-mish avjida. Emishki, Rossiyada faoliyat olib boradigan asli o`zbekistonlik milliarder Alisher Usmonov «Paxtakor» klubining aksioneriga aylangan. «Arsenal» klubining egalaridan biri bo`lgan Alisher Usmonov kuni kecha ilk marotaba O`zbekiston davlat kanaliga ham intervyu bergan edi. Ikki davlat o`rtasida kelishilayotgan loyihalarning istiqboli to`g`risida gapirib o`tgan milliarderning, «Paxtakor»ni rostan ham boshqaradimi yoki yo`q, bu savolga klubdan hozircha hech qanday rasmiy ma`lumot yo`q”, — deyiladi xabarda.
Avvalroq, Alisher Usmonovning Namanganning «Navbahor» klubini rivojlantirishi mumkinligi haqida chiqqan gap so`zlar ham mish-mishdan nariga o`tmagan edi.






