AsosiyDunyo

​Misrda sodir bo`lgan terakt tufayli favqulodda holat e`lon qilindi

'​Misrda sodir bo`lgan terakt tufayli favqulodda holat e`lon qilindi'ning rasmi

Misr prezidenti Abdul Fattoh as-Sisi mamlakatda uch oylik favqulodda holat e`lon qilinganini ma`lum qildi, deb xabar berdi News.mail.ru nashri.

Davlat rahbari mamlakat xalqiga 40 kishi halok bo`lgan teraktdan so`ng shunday qarorga kelganini ma`lum qildi. Shu bilan birga teraktda qurbon bo`lganlarning xotirasiga Misrda uch kunlik motam ham e`lon qilindi.

9 aprel kuni Misrda to`rtta portlash yuz berdi. Tanta shahrida terrorchilar nasroniylar cherkoviga va polisiyachilar tayyorlash markaziga, Iskandariyadagi ibodatxonaga hujum uyushtirdi va keyinroq yana bir portlash sodir bo`ldi. Mazkur teraktni “Islom davlati” terrorchilik guruhi o`z bo`yniga oldi.

Boshqa yangiliklar