AsosiyDunyo

Jeffrey Epshteynning o‘lim oldidan yozgan maktubi oshkor qilindi

AQShning Nyu-York shtatidagi federal sud Jeffri Epshteynga tegishli ekani aytilgan o‘lim oldi maktubini omma e’lon qildi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

'Jeffrey Epshteynning o‘lim oldidan yozgan maktubi oshkor qilindi'ning rasmi

Qo‘lyozma maktubda Epshteyn o‘z taqdirini o‘zi belgilash haqida yozgan bo‘lib, unda: “Hayrlashish vaqtini o‘zi tanlay olish — yoqimli”, degan jumlalar keltirilgan.

Eslatib o‘tamiz, amerikalik moliyachi Jeffri Epshteyn 2019 yil avgust oyida Manxettendagi qamoqxona kamerasida o‘lik holda topilgan edi. Rasmiylar uning o‘limini o‘z joniga qasd qilish sifatida baholagan.

Mazkur maktub Epshteyn bilan bir kamerada saqlangan sobiq politsiyachi Nikolas Tartalyone tomonidan topilgani aytilmoqda. Qotillikda ayblangan Tartalyone hozirda umrbod qamoq jazosini o‘tamoqda.

Nyu-York federal sudyasi Kennet Karas The New York Times nashri so‘rovidan so‘ng hujjatni ochiqlashga qaror qilgan. Sudyaga ko‘ra, maktub sud materiallari tarkibida bo‘lgani uchun u jamoatchilikka ochiq hujjat hisoblanadi.

Shu bilan birga, sud maktubning haqiqiyligiga baho bermagan. Sudya Karas bu masala hujjatni e’lon qilish qaroriga daxl qilmasligini ta’kidlagan.

Sud materiallariga ko‘ra, sarg‘ish qog‘ozga shoshilinch tarzda yozilgan maktubda quyidagi satrlar bor:

“Meni oylar davomida tergov qilishdi — hech narsa topishmadi. Oqibatda 15 yillik ayblovlar paydo bo‘ldi. Hayrlashish vaqtini o‘zi tanlay olish yoqimli. Mendan nima kutgandingiz — dod solib yig‘lashimmimi?”

Ma’lumot uchun, Jeffri Epshteyn ilk bor 2000-yillar boshida voyaga etmagan qizlarni jinsiy ekspluatatsiya qilish bilan bog‘liq ishlarda tilga tushgan. 2019 yil iyul oyida u yana hibsga olinib, Nyu-York va Floridada voyaga etmagan qizlarni jalb qilish hamda ularga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik qilishda ayblangan edi.

Maktub haqidagi ma’lumotlar dastlab 2025 yilda Nikolas Tartalyone ishtirok etgan podkastlardan birida aytilgan. Biroq The New York Times bu haqda material e’lon qilgach, hujjat keng jamoatchilik e’tiborini tortdi.

Gazetaga ko‘ra, mazkur maktub federal tergovchilar qo‘liga tushmagan va Adliya vazirligi tomonidan Epshteyn ishi yuzasidan avval e’lon qilingan hujjatlar orasida ham bo‘lmagan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Rossiya xorijiy davlatlar diplomatlarini Kiyevni tark etishga chaqirdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 08:47

    Rossiya xorijiy davlatlar diplomatlarini Kiyevni tark etishga chaqirdi

    Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Telegram'dagi videomurojaatida xorijiy diplomatik vakolatxonalarni Rossiya Mudofaa vazirligining ogohlantirishiga jiddiy e'tibor berishga undadi.

    'Eron 80 tagacha bo‘linadigan raketaga ega ekanini ma’lum qildi'ning rasmi

    Dunyo 06.05.2026 10:14

    Eron 80 tagacha bo‘linadigan raketaga ega ekanini ma’lum qildi

    Agar 10 ta shunday raketa bir vaqtda uchirilsa, bu 800 ta bombaga teng ta'sir ko'rsatishi mumkin.

    'Janubiy Koreyada shov-shuv: Seulda sudya o‘lik holda topildi'ning rasmi

    Dunyo 06.05.2026 08:43

    Janubiy Koreyada shov-shuv: Seulda sudya o‘lik holda topildi

    Mamlakat poytaxti Seul shahridagi Oliy sud binosi yaqinidan sudyaning jasadi topildi.

    'Peruda qo‘lga olingan firibgar O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi'ning rasmi

    Dunyo 06.05.2026 04:37

    Peruda qo‘lga olingan firibgar O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

    Ekstraditsiya qilingan shaxs keyingi protsessual harakatlarni o‘tkazish va qonunchilikka muvofiq jinoyiy javobgarlikka tortish maqsadida O‘zbekistonga olib kelingan.

    'Hormuz bo‘g‘ozidagi taranglik neft narxlarini oshirdi'ning rasmi

    Dunyo 05.05.2026 06:28

    Hormuz bo‘g‘ozidagi taranglik neft narxlarini oshirdi

    Narxlarning o‘sishi AQSh harbiylari Eronga tegishli bir nechta qayiqlarni yo‘q qilganini ma’lum qilganidan so‘ng kuzatildi.