AsosiyDunyo

Peruda qo‘lga olingan firibgar O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

Ekstraditsiya qilingan shaxs keyingi protsessual harakatlarni o‘tkazish va qonunchilikka muvofiq jinoyiy javobgarlikka tortish maqsadida O‘zbekistonga olib kelingan.

'Peruda qo‘lga olingan firibgar O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi'ning rasmi

Respublika huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan xalqaro qidiruvga berilgan shaxs Peru Respublikasidan O‘zbekistonga olib kelindi. Bu haqda Interpolning O‘zbekistondagi Milliy markaziy byurosi xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, Interpolning O‘zbekiston va Peru Milliy markaziy byurolari o‘rtasidagi muvofiqlashtirilgan harakatlar, shuningdek, O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Xalqaro-huquqiy departamenti hamda Peru Respublikasi Adliya vazirligining ko‘magi natijasida qidiruvda bo‘lgan shaxs ekstraditsiya qilingan.

U O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi (o‘ta yirik miqdordagi firibgarlik) bilan jinoyiy javobgarlikka tortilishi belgilangan Turkiya fuqarosi hisoblanadi.

Qayd etilishicha, gumonlanuvchi Peru hududida tergov organlaridan yashirinib yurgan vaqtida xalqaro qidiruv doirasida qo‘lga olingan.

Ekstraditsiya jarayoni Toshkent va Lima shaharlaridagi Milliy markaziy byurolar hamkorligida amalga oshirildi. Shuningdek, tranzit jarayonida Fransiya va Birlashgan Arab Amirliklari vakolatli organlari tomonidan xalqaro huquq doirasida yordam ko‘rsatilgan.

Ekstraditsiya qilingan shaxs keyingi protsessual harakatlarni o‘tkazish va qonunchilikka muvofiq jinoyiy javobgarlikka tortish maqsadida O‘zbekistonga olib kelingan.

Avvalroq o‘ta yirik miqdordagi firibgarlik uchun qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik Gruziyada ushlangani, shuningdek, xalqaro qidiruvdagi yana uch nafar fuqaro Birlashgan Arab Amirliklarida qo‘lga olinib, Toshkentga qaytarilgani haqida xabar berilgan edi.

Shuningdek, aprel oyida “O‘zbekiston metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining sobiq boshqaruv raisi Dilshod Axmedov hamda “Ravshan Zolotoy” nomi bilan tanilgan Ravshan Muxtdinov xalqaro qidiruvga berilgani ma’lum qilingan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Hormuz bo‘g‘ozidagi taranglik neft narxlarini oshirdi'ning rasmi

    Dunyo 05.05.2026 06:28

    Hormuz bo‘g‘ozidagi taranglik neft narxlarini oshirdi

    Narxlarning o‘sishi AQSh harbiylari Eronga tegishli bir nechta qayiqlarni yo‘q qilganini ma’lum qilganidan so‘ng kuzatildi.

    'Eron AQShni Hormuzda “kemalar qabristoni” bilan tahdid qildi'ning rasmi

    Dunyo 04.05.2026 06:31

    Eron AQShni Hormuzda “kemalar qabristoni” bilan tahdid qildi

    Hozirda Hormuz bo‘g‘ozida vaziyat tarangligicha qolmoqda — savdo kemalari harakati keskin kamaygani qayd etilmoqda.

    'To‘qayev Lukashenko va Putinga minnatdorlik bildirdi'ning rasmi

    Dunyo 03.05.2026 13:51

    To‘qayev Lukashenko va Putinga minnatdorlik bildirdi

    Qozog‘iston Prezidenti Polshada hibsda bo‘lgan diplomat Anuar Bakibay ozod etilgani ortidan Aleksandr Lukashenko va Vladimir Putinga minnatdorchilik izhor qildi.

    'AQSh Yaqin Sharqqa qurol sotishni tezlashtirdi'ning rasmi

    Dunyo 03.05.2026 08:23

    AQSh Yaqin Sharqqa qurol sotishni tezlashtirdi

    AQSh Yaqin Sharqdagi ittifoqchilariga 8,6 milliard dollarlik qurol-yarog‘ sotilishini Kongresssiz ma’qulladi.

    'Yaman qirg‘oqlarida neft tankeri o‘g‘irlab ketildi'ning rasmi

    Dunyo 03.05.2026 05:08

    Yaman qirg‘oqlarida neft tankeri o‘g‘irlab ketildi

    Somali qaroqchilari Yaman sohilida neft tankerini qo‘lga kiritdi.

    'Tramp Eron tinchlik taklifi "maqbul emas" ekanligiga shubha bildirdi'ning rasmi

    Dunyo 03.05.2026 04:27

    Tramp Eron tinchlik taklifi "maqbul emas" ekanligiga shubha bildirdi

    Трамп 14 bandli tinchlik taklifiga shubha bildirib, Eron noto‘g‘ri harakat qilsa, harbiy zarbalar qayta boshlanishi mumkinligini ogohlantirdi.