Buxoro viloyatida ikki ayol erkakni ishqiy yozishmalar orqali shantaj qilib, pul talab qilgani aniqlandi. Huquq-tartibot idoralari xodimlari Buxoro viloyatining Vobkent tumanida tovlamachilik holatining oldini oldi, deb xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 35 yoshli ayol va erkak o‘rtasidagi yozishmalarni uning 19 yoshli dugonasi ko‘rib qolgan va ularni oshkor qilish bilan tahdid qila boshlagan. Dastlab ayol dugonasiga jim turishi uchun pul bergan, keyinchalik esa u bilan jinoyat til biriktirgan.
Ayol erkakni oilasini buzish bilan qo‘rqitib, 6,8 mln so‘m talab qilgan. Tezkor tadbir davomida gumonlanuvchi 100 dollar va 5,6 mln so‘m olayotganda ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan JKning 165-moddasi 2-qismi "v" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.






