Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Uchtepa tumani IIO FMB profilaktika katta inspektori 10 ming AQSH dollarini noqonuniy ravishda olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, inspektor 2025 yilning dekabr oyida mazkur fuqaroga tegishli MChJ hujjatlarini soxtalashtirish orqali IT-xizmati ko‘rsatish evaziga firibgarlik yo‘li bilan chet el fuqarosidan 450 ming AQSH dollari olgan 1990 yilda tug‘ilgan fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atish va uni javobgarlikka tortish masalasini hal qilib berishni va’da qilib, pul talab qilgan. Shu orqali u firibgarlik jinoyati bo‘yicha ish qo‘zg‘atishga ta’sir o‘tkazishga uringan.
Shu bilan birga, ushbu ish bilan bog‘liq holatda avvalroq MChJga oid firibgarlik fakti yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atish rad etilgani ham ma’lum bo‘ldi.
Hozirda katta inspektorga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom etmoqda.






