AsosiyJinoyat

Qashqadaryoda erkak 45 kilogrammdan ortiq gashish bilan ushlandi

Ichki ishlar vazirligi Shahrisabz tumanida dala maydoniga ko‘mib qo‘yilgan yirik miqdordagi giyohvandlik vositasini olib ketmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olinganini ma’lum qildi.

'Qashqadaryoda erkak 45 kilogrammdan ortiq gashish bilan ushlandi'ning rasmi

Ma'lum qilinishicha, 1964 yilda tug'ilgan, muqaddam bir necha moddalar bilan sudlangan erkak qopga solingan 45 kg 768 gramm gashishni o'z avtomobiliga yuklayotgan vaqtda ushlangan.

U 2008 yildan buyon transmilliy jinoiy uyushma tarkibida qo'shni davlatlar orqali giyohvand moddalarni O'zbekistonga olib kirish va tarqatish bilan shug'ullanib kelgani aytilmoqda.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

    Boshqa yangiliklar