AsosiyBu qiziq

Shayxontoʻhur tumanida yongʻin chiqdi

Shayxonto‘hur tumanida 24 aprel kuni kechqurun ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi.

'Shayxontoʻhur tumanida yongʻin chiqdi'ning rasmi

24 aprel kuni soat 22:36 da Toshkent shahar Shayxontohur tumani Qoratosh ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uylardan birida xonadon yongani haqida xabar kelib tushdi.

Ma’lum qilinishicha, qutqaruvchilar voqea joyiga soat 22:41 da yetib borgan va yong‘in soat 22:48 da to‘liq o‘chirilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Yong‘in natijasida uy jihozlari taxminan 5 kvadrat metr maydonda zarar ko‘rgani aniqlangan.

    Boshqa yangiliklar