AsosiyJamiyat

O‘zbekistonda ariq va irrigatsiya tizimlarini ko‘mganlar uchun jarima belgilandi

Oʻzbekistonda ariqlar va irrigatsiya tizimlarini koʻmib tashlagan shaxslar 28-iyundan boshlab maʼmuriy javobgarlikka tortiladi.

'O‘zbekistonda ariq va irrigatsiya tizimlarini ko‘mganlar uchun jarima belgilandi'ning rasmi

Hujjat bilan Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksga bir qator o'zgartirishlar va qo'shimchalar kiritilmoqda. Xususan, 74-modda (suvdan foydalanish va suv iste'moli qoidalarini buzish) to'ldirilib, aholi punktlari hamda tuman va shahar markazlaridagi ariq va irrigatsiya tizimlarini ko'mib tashlash uchun:

fuqarolarga – bazaviy hisoblash miqdorining 1 barobaridan 3 barovarigacha (412 ming so‘mdan 1 million 236 ming so‘mgacha)

mansabdor shaxslarga – 5 barovaridan 10 barovarigacha (2 million 60 ming so‘mdan 4 million 120 ming so‘mgacha) jarima belgilanadi.

Shuningdek, sun'iy suv oqimlari (ochiq va yopiq kanallar, kollektor-drenaj tarmoqlari), suv havzalari (suv omborlari, sel suvlari to'planadigan joylar, havzalar va boshqalar) hamda boshqa sun'iy suv obyektlaridan foydalanish va suv iste'moli qoidalarini buzish, suvdan bee'tiborlik bilan foydalanish, gidrotexnika ishlarini va boshqa ishlarni o'zboshimchalik bilan bajarish ham jarimaga sabab bo'ladi.

Amaldagi qoidalarga ko'ra, fuqarolarga BHMning 1 barobaridan 3 barovarigacha, mansabdor shaxslarga 5 barovaridan 10 barovarigacha jarima solinsa, 28-iyundan boshlab ushbu miqdor:

fuqarolar uchun – BHMning 3 barovaridan 5 barovarigacha (1 million 236 ming so‘mdan 2 million 60 ming so‘mgacha)

mansabdor shaxslar uchun – 7 barovaridan 10 barovarigacha (2 million 884 ming so‘mdan 4 million 120 ming so‘mgacha) bo'ladi.

Agar yuqoridagi huquqbuzarliklar bir yil ichida takror sodir etilsa, jarima miqdori yanada oshiriladi:

fuqarolar uchun – BHMning 5 barovaridan 7 barovarigacha

mansabdor shaxslar uchun – 10 barovaridan 20 barovarigacha (8 million 240 ming so‘mgacha) jarima solinadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Surxondaryoda “prava” olib bermoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:08

    Surxondaryoda “prava” olib bermoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

    Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

    'Oʻzbekistonda yuzlab dorixonalarda narxlarni asossiz oshirish holatlari fosh etildi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:23

    'Samarqandda o‘ldirilgan ayolning jasadi 3 oydan beri topilmayapti'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:54

    Samarqandda o‘ldirilgan ayolning jasadi 3 oydan beri topilmayapti

    Ayolni 30 yosh atrofidagi yigit o‘ldirgan bo‘lishi mumkin.

    'Istanbuldagi konsulxona o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:06

    Istanbuldagi konsulxona o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi

    “Hurmatli vatandoshlar! Sizning huquq va manfaatlaringiz davlat himoyasidadir!”

    'Bugun ob-havo o‘zgaruvchan bo‘ladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 02:54

    Bugun ob-havo o‘zgaruvchan bo‘ladi

    O‘zgidromet ma’lumotiga ko‘ra, respublika hududlarida bugun havo o‘zgaruvchan bo‘lib, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, ba’zi hududlarda esa momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.

    'Endi hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lganlar bir yilgacha qamaladimi?'ning rasmi

    Jamiyat 04.04.2026 16:32

    Endi hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lganlar bir yilgacha qamaladimi?

    Hayvonlarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi yangi qonun loyihasi ishlab chiqilmogda.