AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida advokat 10 ming dollar pora bilan ushlandi

Toshkent viloyatida sud hukmini o‘zgartirishni va’da qilgan advokat pora olayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

'Toshkent viloyatida advokat 10 ming dollar pora bilan ushlandi'ning rasmi

Ma’lum qilinishicha, advokat mahalliy fuqaroga nisbatan tayinlangan 2 yillik ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘z tanishlari orqali yengilroq jazolarga almashtirib berishni va’da qilgan.

U bu "xizmat" evaziga 10 ming dollar olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda. DXX fuqarolarni shunday holatlar haqida 1520 raqami orqali xabar berishga chaqirdi.

    Boshqa yangiliklar