Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 2025/2026 o‘quv yili boshida mamlakat bo‘yicha jami 11 118 ta maktab faoliyat yuritmoqda.
Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan o‘quv yiliga nisbatan 175 taga ko‘paygan. Bu esa ta’lim tizimida yangi maktablar tashkil etilayotganini ko‘rsatadi.
Hududlar kesimida eng ko‘p maktab Samarqand (1 350 ta), Qashqadaryo (1 294 ta) va Farg‘ona (1 119 ta) viloyatlariga to‘g‘ri keladi. Eng kam ko‘rsatkich esa Sirdaryo viloyatida — 345 ta.
Shuningdek, Toshkent shahrida 503 ta, Toshkent viloyatida esa 935 ta umumiy o‘rta ta’lim muassasasi faoliyat yuritmoqda.






