Unda:
Samarqand viloyati, Ishtixon tumani, 74-maktab — Surxondaryo viloyati, Qumqo‘rg‘on tumani, 42-maktab jamoalari o‘rtasida 3-o‘rin uchun (0:2);
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Bo‘zatov tumani, 10-maktab — Surxondaryo viloyati, Boysun tumani, 30-maktab jamoalari o‘rtasida final uchrashuvi (0:3) bo‘lib o‘tdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, o‘quvchi qizlar o‘rtasida futbol bo‘yicha o‘tkazilayotgan “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” musobaqasida:
1-o‘rin — Surxondaryo viloyati, Boysun tumani, 30-maktab jamoasiga;
2-o‘rin — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Bo‘zatov tumani, 10-maktab jamoasiga;
3-o‘rin — Surxondaryo viloyati, Qumqo‘rg‘on tumani, 42-maktab jamoasiga nasib etdi.
G‘oliblarni taqdirlash marosimida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoz Karimova, Sport vaziri Adham Ikramov, viloyat hokimligi, hamkor tashkilotlar mas’ullari, ishtirokchi o‘quvchi qizlar hamda ularning ota-onalari, keng jamoatchilik vakillari qatnashdi.
Musobaqa Nizomiga ko‘ra, “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” musobaqasi respublika bosqichida:
1-o‘rinni qo‘lga kiritgan Surxondaryo viloyati, Boysun tumani, 30-maktab jamoasi — “Damas” avtomashinasi va 250 mln so‘m;
2-o‘rinni qo‘lga kiritgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Bo‘zatov tumani, 10-maktab jamoasi — “Damas” avtomashinasi va 200 mln so‘m;
3-o‘rinni qo‘lga kiritgan Surxondaryo viloyati, Qumqo‘rg‘on tumani, 42-maktab jamoasi “Damas” avtomashinasi va 150 mln so‘m pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
Shuningdek, qolgan jamoalar Sport vazirligi tomonidan vorkaut maydonchasini qurib berish bo‘yicha vaucher, 50 mln so‘mdan pul mukofoti, Davlat xavfsizlik xizmati va O‘zbekiston futbol asosiasiyasi tomonidan 800 mln so‘m qiy matga ega futbol koptoklari (har bir jamoaga 50 donadan) hamda boshqa qimmatbaho sovg‘alar taqdim etildi.
Tadbir davomida taniqli san’atkorlar hamda madaniyat sohasi vakillari ishtirokida turli sahna ko‘rinishlari hamda bayram kontsert dasturi tashkil etildi.






