O‘zgidromet xabariga ko‘ra, 31 mart va 2–6 aprel kunlari respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Bu holat sel-suv toshqinini keltirib chiqarishi mumkin.
Xavfli hududlar quyidagilar:
Qashqadaryo: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor
Surxondaryo: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrobot
Samarqand: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon
Navoiy: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana
Jizzax: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod
Toshkent: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq va Angren, Olmaliq shaharlari
Namangan: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on
Farg‘ona: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq
Andijon: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat va Xonabod
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchilar, dam oluvchilar hamda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘ralmoqda. Yomg‘ir suvlari to‘planishi ayrim hududlarda suv bosishiga ham olib kelishi mumkin.






