“Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar va Bojxona organlari hamkorligida bir qator hududlarda giyohvandlik vositalari hamda kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi operatsiyalar o‘tkazildi.
Xorazm viloyati Urganch shahrida 1983 yilda tug‘ilgan shaxs ushlanib, uning yonidan 5 gramm opiy topildi. Shuningdek, u ijaraga olgan xonadondan 887 gramm opiy va 71 gramm geroyin ashyoviy dalil sifatida olindi. Ma’lumotlarga ko‘ra, moddalar qo‘shni davlatdan olib kelingan, sotish orqali daromad topish rejalashtirilgan.
Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanida yashovchi 1991 yilda tug‘ilgan fuqaroning xonadondan Qirg‘iziston Respublikasidan aylanma yo‘llar orqali olib kelingan, umumiy qiymati 140 mln so‘mga teng 2800 dona “Regapen” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari musodara qilindi.
Toshkent viloyatida esa 1996 yilda tug‘ilgan shaxs va 1994 yilda tug‘ilgan Qozog‘iston fuqarosi kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan 300 ml “Tropikamid”ni sotish vaqtida ushlanibdi. Ularning yonidan “Pregabalin” kapsulalari va “Tropikamid” flakonlari ham olingan.
Holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmogda.






