Bugun start olgan Nomzodlar turniri g‘olibi amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommarajuga qarshi jahon toji uchun bahs olib borish huquqini qo‘lga kiritadi.
O‘zbek shaxmat tarixida ilk bor ushbu nufuzli musobaqada qatnashgan Sindorov musobaqani muhim g‘alaba bilan boshladi.
Esipenko bilan o‘tgan uchrashuv yurtdoshimiz uchun oson o‘tmadi — partiyaning ayrim pallalarida u murakkab, hatto biroz noqulay vaziyatda ham qoldi.
Shunga qaramay, Sindorov aggressiv va tavakkal uslubiga sodiq qolib, raqibini xatoga majbur etdi. Yakunda esa vaqt juda kam qolganiga qaramay hal qiluvchi yurishni amalga oshirib, dastlabki ochkoni qo‘lga kiritdi.






