AsosiyJamiyat

Jazoni ijro etish muassasalaridagi yoshlar zamonaviy kasblarga o‘qitiladi

O‘quv kurslari yakuni bo‘yicha tegishli dasturlarni o‘zlashtirgan jazon o‘tayotgan yoshlarga elektron shakldagi sertifikatlar beriladi.

'Jazoni ijro etish muassasalaridagi yoshlar zamonaviy kasblarga o‘qitiladi'ning rasmi

“Jazoni ijro etish muassasalaridagi yoshlarni zamonaviy kasblarga o‘qitishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, jazoni o‘tayotgan yoshlarni zamonaviy kasblarga o‘qitishga qaratilgan “Ikkinchi imkon” ijtimoiy reabilitatsiya milliy loyihasi amalga oshiriladi.

Loyiha doirasida 2026 yil 1 iyundan Toshkent, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlaridagi, 2027 yil 1 martdan respublikaning boshqa hududlaridagi jazoni ijro etish muassasalaridagi yoshlarni zamonaviy raqamli kasblarga o‘qitish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Bunda:

o‘quv kurslari 8–12 oylik intensiv o‘quv dasturlari asosida jazoni ijro etish muassasalarida tashkil etiladi;

o‘quv kurslariga ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan, uncha og‘ir bo‘lmagan va og‘ir jinoyatlarni sodir etgan jazoni o‘tayotgan yoshlar jalb qilinadi;

o‘quv kurslariga jalb qilinganlar xorijiy tillarni (ingliz, rus, xitoy va boshqalar) o‘rganish bo‘yicha yagona intensiv dasturlar asosida ham o‘qitiladi;

o‘quv kurslari yakuni bo‘yicha tegishli dasturlarni o‘zlashtirgan jazoni o‘tayotgan yoshlarga elektron shakldagi sertifikatlar beriladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Taniqli jurnalist Karim Bahriyev vafot etdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:23

    Taniqli jurnalist Karim Bahriyev vafot etdi

    O‘zbekiston jurnalistlar uyushmasi a’zosi, tanigli jurnalist Karim Bahriyev 64 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.

    'Bugun ba'zi hududlarda yomg'ir yog'adi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 03:51

    Bugun ba'zi hududlarda yomg'ir yog'adi

    29 mart kungi ob-havo ma’lumotlari e’lon qilindi.

    'Interpol qidiruvida bo'lgan ikki o'zbekistonlik Turkiyada ushlanadi'ning rasmi

    Jamiyat 28.03.2026 17:27

    Interpol qidiruvida bo'lgan ikki o'zbekistonlik Turkiyada ushlanadi

    Yirik miqdordagi firibgarlikda gumonlanayotgan shaxslar Oʻzbekistonga ekstraditsiya qilindi.

    'Ben Kingsley ishtirok etgan Islom tsivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yo'l oldi.'ning rasmi

    Jamiyat 28.03.2026 15:25

    Ben Kingsley ishtirok etgan Islom tsivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yo'l oldi.

    Final bosqichida hujjatli film bronza, kumush yoki oltin toifalari bo‘yicha mukofotlardan biriga da’vogarlik qiladi.

    'Chustda soliqchi pora bilan qoʻlga tushdi'ning rasmi

    Jamiyat 28.03.2026 13:49

    Chustda soliqchi pora bilan qoʻlga tushdi

    Solik hodimi 20 mln pora olgan vaqtida ushlangan.

    'Prezident islomiy bank joriy qilishga qaratilgan qonunni imzoladi'ning rasmi

    Jamiyat 28.03.2026 12:51

    Prezident islomiy bank joriy qilishga qaratilgan qonunni imzoladi

    Oʻzbekistonda islomiy bank faoliyatini joriy etishga qaratilgan qonun qabul qilindi.