AsosiyJamiyat

Eski simyogʻochlar qulashi oqibatida chorva mollari toʻk urdi

Holat ortidan 3 bosh chorva moli nobud bo‘lgan.

'Eski simyogʻochlar qulashi oqibatida chorva mollari toʻk urdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzaxda eskirgan simyog‘ochlar qulashi oqibatida chorva mollarini tok urishi sababli ularning halok bo‘lgani aks etgan rasm tarqaldi. Holatga "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Jizzax hududiy filiali rasmiy munosabat bildirdi. 

Holat ommalashib, unga ayrim tarmoq faollari o‘zlarining shaxsiy fikrini ham bildirdi.

Ko‘rib qo‘rqib ketdim, chunki aholi yashaydigan qishloqlarda bunaqa eski simyog‘ochlar juda ham ko‘p. Eng yomoni, u yerlarida chorva emas odamlar, bolalar yashashadi, — deya yozadi “Tasnif” agentligi rahbari Laziz Hamidov.

Shuningdek, u postini quyidagicha yakunlagan.

“Eskirgan infratuzilmani yangisiga almashtirish uchun elekt energiyasi narxi oshirilgandi, odamlar shunga ko‘ndi, ular to‘layapti. Shunga yarasha ularga tezroq yangi transformatorlar, yangi simyog‘ochlar o‘rnatib berish kerak deb o‘ylayman”.

Rasmiy izohda hududdagi ssuruq yomg‘ir va kuchli shamol natijasida elekt tarmog‘ida nosozlik yuzaga kelgan. Mazkur avariyaviy holat tuman elekt ta’minoti bo‘limi xodimlari tomonidan tezkorlik bilan bartaraf etilib, hozirda hududda elekt energiyasi uzatilishi to‘liq tiklangani.

Fuqaro tomonidan bildirilgan 3 bosh chorva molining nobud bo‘lishi bilan bog‘liq moddiy zararni qoplash masalasi bo‘yicha shuni ma’lum qilamizki, amaldagi qonunchilikka muvofiq, ko‘rilgan haqiqiy zararni baholash va uni undirish masalalari vakolatli sud organlari tomonidan hal etiladi. 

Shu munosabat bilan, murojaat egasiga barcha qonuniy tartib-tamoyillar hamda nizoni sud tartibida ko‘rib chiqish huquqlari yuzasidan tegishli huquqiy tushuntirishlar berildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:15

    'Fargʻonada voyaga yetmagan aka-uka suvda choʻkib ketib vafot etdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:32

    Fargʻonada voyaga yetmagan aka-uka suvda choʻkib ketib vafot etdi

    Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov Darakchi.uz’ga ma’lum qildi.

    'Namanganda 6-sinf o‘quvchisi zo‘rlandimi?'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:58

    Namanganda 6-sinf o‘quvchisi zo‘rlandimi?

    Viloyat IIM matbuot xizmati holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.

    'O'zbekistonning 9 ta hududida sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkin'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:45

    O'zbekistonning 9 ta hududida sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkin

    Sinoptiklar hududlarda yomg‘ir yog‘ishi sababli sel va suv toshqini xavfi yuzaga kelishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

    'Qoraqalpogʻistonda “Media haftalik” boshlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:40

    Qoraqalpogʻistonda “Media haftalik” boshlandi

    Bugun, 30-mart kuni ushbu haftalik Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘z ishini boshladi.

    'Qozog‘istonda yana bir dron quladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:22

    Qozog‘istonda yana bir dron quladi

    Qozog'istonning Atirau viloyatida dronga o'xshash obyekt topilgani haqida xabar berildi.