O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, bugun kunduzi ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat 20–25° iliq bo‘ladi.
Poytaxtda vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat 22–24° iliq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, baland tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat 7–12° iliq bo‘ladi.






