AsosiyJamiyat

“Ochiq byudjet”ning 2026 yil 1-mavsumi g‘oliblari e’lon qilindi

Ovoz berish natijalariga ko‘ra, 1996 ta loyiha g‘olib deb topildi.

'“Ochiq byudjet”ning 2026 yil 1-mavsumi g‘oliblari e’lon qilindi'ning rasmi

O‘zbekistonda Tashabbusli byudjetning 2026 yil birinchi mavsumi doirasida o‘tkazilgan ovoz berish yakunlandi. 

Qayd etilishicha, loyihalar uchun jami 10 million 284 mingdan ortiq ovoz berilgan. Jarayon davomida fuqarolardan 21 049 ta tashabbus kelib tushgan bo‘lib, shundan 17 424 tasi saralash bosqichidan o‘tgan.

Ovoz berish natijalariga ko‘ra, 1996 ta loyiha g‘olib deb topildi. Ularni amalga oshirish uchun 3 trillion 5 milliard 827 million so‘mdan ortiq mablag‘ ajratilishi rejalashtirilgan.

G‘olib loyihalar orasida eng katta ulush ichki yo‘llarni ta’mirlashga to‘g‘ri keladi — 868 ta loyiha. Shuningdek, maktablarni ta’mirlash va ularning moddiy-texnik bazasini rivojlantirish bo‘yicha 566 ta, sog‘liqni saqlash muassasalarini ta’mirlash hamda jihozlashga doir 163 ta loyiha g‘olib bo‘lgan.

Eng ko‘p ovoz to‘plagan ayrim hududlarda aholi g‘alabani bayramona ruhda nishonlagani, musiqа, raqs va kontsert dasturlari tashkil etilgani qayd etildi.

Ma’lumot uchun, ovoz berish jarayoni 11 martdan 20 martgacha davom etdi. Mazkur loyiha doirasida fuqarolar mahalliy byudjet mablag‘larining bir qismini taqsimlashda bevosita ishtirok etish imkoniyatiga ega.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Bahor xonadoningizga baxt-saodat, toʻkinlik va ijobiy oʻzgarishlar olib kelsin — Saida Mirziyoyeva'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:22

    Bahor xonadoningizga baxt-saodat, toʻkinlik va ijobiy oʻzgarishlar olib kelsin — Saida Mirziyoyeva

    Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston xalqini Navro‘z bayrami bilan tabrikladi.

    '“Yangi O‘zbekiston” bog‘ida Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosim boshlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:06

    “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosim boshlandi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev butun xalqimizni Navro‘z bayrami bilan tabrikladi.

    'Bayram kuni O'zbekistonda ob-havo qanday bo'ladi?'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 03:43

    Bayram kuni O'zbekistonda ob-havo qanday bo'ladi?

    “O‘zgidromet” prognozlarni e’lon qildi.

    'Chak Norris vafot etdi'ning rasmi

    Jamiyat 20.03.2026 15:55

    Chak Norris vafot etdi

    Aktyor, jang san'ati ustasi va butun bir jang kinosi davri ramzi bo'lgan Chak Norris hayotdan ko'z yumdi.

    'Трамп депортация сиёсатида йўналишни ўзгартирмоқда'ning rasmi

    Jamiyat 20.03.2026 08:18

    'Guterriş: Yaqin Sharqdagi mojarolarni to‘xtatish AQShning siyosiy irodasiga bog‘liq'ning rasmi

    Jamiyat 20.03.2026 07:46

    Guterriş: Yaqin Sharqdagi mojarolarni to‘xtatish AQShning siyosiy irodasiga bog‘liq

    BMT Bosh kotibi Antoniu Guterresh tomonlarni mojaroni yumshatishga chaqirdi.