Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston xalqini Navro‘z bayrami bilan tabrikladi.
Tabrikda Navro‘zning mazmun-mohiyatiga alohida e’tibor qaratilib, u avloddan avlodga o‘tib kelayotgan, insonlar qalbiga nur, shodlik va yangilanish ruhini olib kiradigan qutlug‘ ayo‘m ekani ta’kidlangan.
Bayram an’analarga hurmat, ona zaminga mehr, tinchlik, hamjihatlik va yaxshi qo‘shnichilik kabi qadriyatlarni mujassam etishi qayd etilgan.
“Bahor xonadoningizga baxt-saodat, to‘kinlik va ijobiy o‘zgarishlar olib kelsin”, deyiladi tabrikda.
Saida Mirziyoyeva o‘zbekistonliklarga tinchlik, xayr-u baraka va farovon hayot tilab, ushbu ayo‘m barchaga quvonch va hotirjamlik olib kelishini tiladi.






