AQShda ommaviy deportatsiyalar siyosatiga yondashuv o‘zgarmoqda. Bu qaror siyosiy salbiy ta’sirlar haqidagi xavotirlar ortidan qabul qilingan.
Donald Trump ma’muriyati ommaviy deportatsiyalar ko‘lami va namoyonligini qisqartirmoqda. Qayd etilishicha, avvalgi choralar haddan tashqari keskin bo‘lib, siyosiy jihatdan zarar keltirgan bo‘lishi mumkin.
Endilikda asosiy e’tibor jinoyat sodir etgan shaxslarni deportatsiya qilishga qaratilmogda. Shuningdek, ommaviy reydlar soni kamaygan, hibsga olishlar ko‘rsatkichi ham biroz pasaygan.






