AsosiyJamiyat

Toshkentda Telegram orqali narkotik sotgan “narkomagazin” fosh etildi.

Poytaxtda narkotik va psixotrop moddalar savdosi bilan shugʻullangan Telegram-bot faoliyatiga chek qoʻyildi.

'Toshkentda Telegram orqali narkotik sotgan “narkomagazin” fosh etildi.'ning rasmi

Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan “Havfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tadbirlari doirasida navbatdagi “narkomagazin” faoliyatiga barham berildi. Bu haqda Toshkent shahar IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi tezkor-qidiruv xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, mazkur onlayn do‘kon maxsus Telegram-bot orqali narkotik va psixotrop moddalarni sotish bilan shug‘ullangan. Unda jami 1538 nafar obunachi mavjud bo‘lgan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida ushbu noqonuniy faoliyat fosh etildi va tegishli choralar ko‘rilmoqda.

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv va tergov harakatlari davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar