AsosiyJamiyat

Angrenda halok bo‘lgan bolani itlar g‘ajib o‘ldirmaganmi?

Baʼzilar hodisaga daydi itlar sabab boʻlganini aytasa, boshqalar baxtsiz hodisa tufayli yosh bolaning hayoti oʻlim bilan yakun topgani bildirilmoqda.

'Angrenda halok bo‘lgan bolani itlar g‘ajib o‘ldirmaganmi?'ning rasmi

Angren shahrida yosh bolaning itlar tomonidan o‘ldirilgani haqida tarqalgan xabarlar yolg‘on, deya yozmoqda Ekolog.uz.

Haqiqatda bola yiqilib, boshini urib vafot etgan. Shu ortiq feyk xabar boshpanasiz hayvonlarga nisbatan qirg‘in boshlanishiga sabab bo‘ldi.

Angren shahrida yosh bolaning daydi itlari tomonidan o‘ldirilgani haqidagi xabarlar o‘z isbotini topmadi. Bolajon haqiqatda yiqilib, boshi toshga urilgan. Onasi shunday deydi: “Men o‘ldirilayotgan itlarning gunohini bo‘ynimga tushishini istamayman.”

Rasmiy idoralar itlar tomonidan bola halok bo‘lganini tasdiqlamadi. Agar shunday bo‘lganida, tibbiy ekspertiza xulosasi allaqachon e’lon qilinardi. Shu sababli OAV va blogerlar tomonidan tarqatilgan xabar feyk bo‘lib chiqdi.

Boshpanasiz itlarga nisbatan qirg‘in allaqachon boshlangan. Guvohlarning aytishicha, odamlar tayoq va boshqa narsalar bilan jonivorlarni vahshiylarcha o‘ldirmoqda. Endi esa navbat mushuklarga ham yetgan — ular ham otib o‘ldirilmoqda.

Mutaxassislar shuni ta’kidlaydiki, mushuklar shahar va qishloqlarning sanitari hisoblanadi. Ular yo‘q qilinsa, sichqon va kalamushlar soni ortadi.

Huquq-tartib idoralari, Toshkent viloyati va Angren shahar hokimiyati bu vahshiylikni to‘xtata oladimi?

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'AQSH Tramp va Si Tszinpin uchrashuvini kechiktirishni soʻradi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:03

    AQSH Tramp va Si Tszinpin uchrashuvini kechiktirishni soʻradi

    AQSh Prezidenti Donald Trump Xitoy Raisi Si Tszinpin bilan uchrashuvini Erondagi harbiy operatsiyani nazorat qilish sababli bir oyga qoldirishni so'radi.

    'Chempionlar ligasi finali chiptalari narxi e'lon qilindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:01

    Chempionlar ligasi finali chiptalari narxi e'lon qilindi

    2026 yilgi UEFA klublar o‘rtasidagi final uchun chiptalar Budapesht va Oslo shahrida sotuvga chiqarildi.

    'Yanvarda Koreyadan O‘zbekistonga necha nafar turist keldi?'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:04

    Yanvarda Koreyadan O‘zbekistonga necha nafar turist keldi?

    Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

    'Qashqadaryoda qidiruvdagi erkak ayollar kiyimida qo‘lga olindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:36

    Qashqadaryoda qidiruvdagi erkak ayollar kiyimida qo‘lga olindi

    Qashqadaryoda 26 yoshli qidiruvdagi erkak qo‘lga tushmaslik uchun ayollar kiyimini kiyib yurgani aniqlandi.

    'Toshkentda FVB inspektori pora bilan qoʻlga tushdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:07

    Toshkentda FVB inspektori pora bilan qoʻlga tushdi

    Toshkent shahrida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimi xususiy klinika rahbaridan pul olib, vaʼdasini bajarmagan vaqtida ushlandi.

    'Jizzaxda haydovchi eshakni yuk mashinasiga bog‘lab sudradi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:08

    Jizzaxda haydovchi eshakni yuk mashinasiga bog‘lab sudradi

    Zarafshon tumanida haydovchi eshakni yuk mashinasi orqasiga bog‘lab, bir necha yuz metrgacha sudrab borgani aks etgan video tarqaldi.