Jizzax viloyatida yuk mashinasi haydovchisining eshakni transport vositasi orqasiga bog‘lab sudrab ketgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo‘ldi.
Viloyat IIB ma’lumotiga ko‘ra, voqea joriy yilning 14 mart kuni soat 11:30 lar atrofida Zarafshon tumanida sodir bo‘lgan. 1994 yilda tug‘ilgan haydovchi eshakni yuk mashinasiga bog‘lab, 150 metrdan ortiq masofaga sudrab borgan.
Ma’lum qilinishicha, haydovchi usbu harakatini transport vositasiidagi texnik nosozlik bilan izohlagan. Uning aytishicha, shu sababli eshakni bog‘lab, harakatni davom ettirishga majbur bo‘lgan.
Huquqbuzarga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Yuk mashinasi esa jarima maydonchasiga joylashtirilgan.






