AsosiyJamiyat

Toshkentda FVB inspektori pora bilan qoʻlga tushdi

Toshkent shahrida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimi xususiy klinika rahbaridan pul olib, vaʼdasini bajarmagan vaqtida ushlandi.

'Toshkentda FVB inspektori pora bilan qoʻlga tushdi'ning rasmi

Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi Yunusobod tuman bo‘limi inspektori Almazor tumanida joylashgan xususiy klinikaning yong‘inga qarshi holati bo‘yicha ijobiy xulosa olib berishni va’da qilgan. U buning evaziga joriy yil fevral oyida MChJ rahbaridan 6,5 million so‘m olgan.

Biroq inspektor turli bahonalar bilan o‘z va’dasini bajarmasdan kelgan. Shundan so‘ng fuqaro undan berilgan pulni qaytarishni talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati hamda prokuratura xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida inspektor pulni qaytarib berayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, "qamoq" ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'AQSH Tramp va Si Tszinpin uchrashuvini kechiktirishni soʻradi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:03

    AQSH Tramp va Si Tszinpin uchrashuvini kechiktirishni soʻradi

    AQSh Prezidenti Donald Trump Xitoy Raisi Si Tszinpin bilan uchrashuvini Erondagi harbiy operatsiyani nazorat qilish sababli bir oyga qoldirishni so'radi.

    'Chempionlar ligasi finali chiptalari narxi e'lon qilindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:01

    Chempionlar ligasi finali chiptalari narxi e'lon qilindi

    2026 yilgi UEFA klublar o‘rtasidagi final uchun chiptalar Budapesht va Oslo shahrida sotuvga chiqarildi.

    'Yanvarda Koreyadan O‘zbekistonga necha nafar turist keldi?'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:04

    Yanvarda Koreyadan O‘zbekistonga necha nafar turist keldi?

    Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

    'Qashqadaryoda qidiruvdagi erkak ayollar kiyimida qo‘lga olindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:36

    Qashqadaryoda qidiruvdagi erkak ayollar kiyimida qo‘lga olindi

    Qashqadaryoda 26 yoshli qidiruvdagi erkak qo‘lga tushmaslik uchun ayollar kiyimini kiyib yurgani aniqlandi.

    'Angrenda halok bo‘lgan bolani itlar g‘ajib o‘ldirmaganmi?'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:28

    Angrenda halok bo‘lgan bolani itlar g‘ajib o‘ldirmaganmi?

    Baʼzilar hodisaga daydi itlar sabab boʻlganini aytasa, boshqalar baxtsiz hodisa tufayli yosh bolaning hayoti oʻlim bilan yakun topgani bildirilmoqda.

    'Jizzaxda haydovchi eshakni yuk mashinasiga bog‘lab sudradi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:08

    Jizzaxda haydovchi eshakni yuk mashinasiga bog‘lab sudradi

    Zarafshon tumanida haydovchi eshakni yuk mashinasi orqasiga bog‘lab, bir necha yuz metrgacha sudrab borgani aks etgan video tarqaldi.