AsosiyDunyo

Eron Hurmuz bog‘ozini minalashtirishni boshladi

AQSh harbiylari Eronning mina o'rnatuvchi 16 ta kemasini yo'q qilganini ma'lum qildi.

'Eron Hurmuz bog‘ozini minalashtirishni boshladi'ning rasmi

Eron dunyodagi barcha xom neftning beshdan bir qismi o‘tadigan eng muhim energetika yo‘lagi — Hormuz bo‘g‘ozini minalashtirishni boshladi. Bu haqda AQSh razvedkasi ma’lumotlaridan xabardor manbalarga tayanib, Zamon.uz ma’lum qildi.

Manbalar minalashtirish ishlari hali keng ko‘lamli emasligini, so‘nggi kunlarda bir necha o‘nlab minalar o‘rnatilganini bildirdi. Biroq Eron mina qo‘yishga mo‘ljallangan kichik kemalarining 80–90 foizini saqlab qolgani sababli bo‘g‘ozga yuzlab minalar o‘rnatishi mumkin.

Hozirda Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi va dengiz kuchlari bo‘g‘ozni nazorat qilmoqda. Ular mina tashuvchi kichik kemalar, portlovchi modda ortilgan qayiqlar va qirg‘oqdan uchiriladigan raketa tizimlari orqali murakkab hujum tizimini yaratish imkoniyatiga ega.

Mazkur ma’lumotlarga Trump munosabat bildirib bo‘g‘ozga bir dona mina qo‘yilgan bo‘lsa ham uni olish talab qildi.

Qo‘shma Shtatlar prezidenti minalar qo‘yilgan bo‘lsa-yu, olinmasa, Eron “ilgari hech qachon ko‘rilmagan” oqibatlar bilan ro‘baro‘ bo‘lishini aytdi. Shundan so‘ng AQSh mudofaa vaziri Pit Hegset Hormuz bo‘g‘ozidagi harakatsiz mina qo‘yuvchi kemalar nishonga olinayotganini aytdi.

“Biz terroristlarning Hormuz bo‘g‘ozini garovga olishiga yo‘l qo‘ymaymiz”, — deya qo‘shimcha qilgan Hegset.

Shu bilan birga, AQSh Markaziy qo‘mondonligi Hormuz bo‘g‘ozi yaqinida Eronning bir nechta harbiy kemalarini, jumladan, mina o‘rnatuvchi 16 ta kemasini yo‘q qilganini e’lon qildi.

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi avvalroq bo‘g‘ozdan o‘tayotgan har qanday kema hujumga uchraishidan ogohlantirgan. Urush boshlanganidan beri bo‘g‘oz kemalar harakatlanishi uchun amalda yopib qo‘yilgan.

“Hormuz bo‘g‘ozi xavfsiz bo‘lib qoladi. U yerda harbiy-dengiz kuchlarimizning kemalari ko‘p. Bizda minalarni tekshiradigan dunyodagi eng yaxshi uskunalarga egamiz”, degan edi Trump 9 mart kungi matbuot anjumanida.

CNN xabariga ko‘ra, hozirda Fors ko‘rfazida har kuni qazib olinadigan salqam 15 million barrel xom neft va yana 4,5 million barrel yo‘nilg‘i qolib ketgan. Iroq va Quvayt kabi neft ishlab chiqaruvchi davlatlar uchun mahsulotni eksport qilishda Hormuz bo‘g‘ozidan boshqa muqobil yo‘l yo‘q. 

Yirik iqtisodiyotga ega G7 davlatlari tanqislikni qoplash uchun zaxiralardan ko‘proq neft chiqarishi mumkinligiga ishora qildi.

Suv yo‘li orqali neft tashish imkoniyati borasidagi noaniqlik xom neft bozorida keskin tebranishlarga sabab bo‘lmoqda. Bir barrel neft narxi ketma-ket sakrashlar natijasida 90 dollardan yuqori va 80 dollardan past ko‘rsatkichlar orasida o‘ynab turdi.

Xalqaro energetika agentligi esa Yaqin Sharq mojarosi fonida bozorni barqarorlashtirish uchun zaxiralardan eng katta miqdorda neftni bo‘shatishni taklif qildi

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Kim Chen In qizi bilan strategik raketa sinovini kuzatdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 10:55

    Kim Chen In qizi bilan strategik raketa sinovini kuzatdi

    Sinov “Choe Hyon” bortida amalga oshirilgan.

    'Трамп Кубани “дўстона эгаллаш” эҳтимоли ҳақида гапирди'ning rasmi

    Dunyo 10.03.2026 13:03

    Трамп Кубани “дўстона эгаллаш” эҳтимоли ҳақида гапирди

    AQSh Prezidenti Donald Trump Kuba rasmiylari Vashington bilan kelishuvga rozi bo‘lmasa, mamlakatni “do‘stona tarzda egallash” mumkinligini aytdi.

    'Livanda bir haftada qariyb 700 ming kishi uyini tark etdi'ning rasmi

    Dunyo 10.03.2026 12:53

    Livanda bir haftada qariyb 700 ming kishi uyini tark etdi

    Yaqin Sharqda keskinlashuv sabab mamlakatda yuz minglab odamlar o‘z uyini tashlab ketishga majbur bo‘lmoqda.

    'Kim Chen Inning singlisi AQSH va Janubiy Koreyani tanqid qildi'ning rasmi

    Dunyo 10.03.2026 09:29

    Kim Chen Inning singlisi AQSH va Janubiy Koreyani tanqid qildi

    Shimoliy Koreya yetakchisining singlisi Kim Yo Chjon AQSH va Janubiy Koreya o‘tkazayotgan qo‘shma harbiy mashqlar mintaqada xavfsizlikka tahdid solayotganini bildirdi.

    'Eron raketasi Turkiya havo hududida urib tushirildi'ning rasmi

    Dunyo 10.03.2026 08:27

    Eron raketasi Turkiya havo hududida urib tushirildi

    Hodisa ortidan Eronning Turkiyadagi elchisi TIVga chaqirtirildi.

    'Putin va Trump Eron masalasini muhokama qildi'ning rasmi

    Dunyo 10.03.2026 04:10

    Putin va Trump Eron masalasini muhokama qildi

    Rossiya va AQSh prezidentlari telefon orqali suhbatlashib, Eron atrofidagi vaziyat, Ukraina bo‘yicha muzokaralar va jahon neft bozoridagi holatni muhokama qildi.