Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Jong Un 11 mart kuni qizi Kim Ju Ae bilan birga strategik qanotli raketa sinovini kuzatdi. Bu haqda Koreya Markaziy axborot agentligi xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, sinov "Choe Hyon" bortida amalga oshirilgan. Unda ketma-ket bir nechta kruiz raketalari uchirilib, ular oldindan belgilangan traektoriya bo'ylab taxminan 2 soat 48 daqiqa parvoz qilib, nishonlarga aniq zarba bergan.
Pxenyan rasmiylari mazkur sinov mamlakatning yadroviy salohiyati va harbiy tayyorgarligini namoyish etish maqsadida o'tkazilganini ta'kidlagan. Raketa uchirilishi AQSh va Janubiy Koreya tomonidan o'tkazilayotgan Freedom Shield harbiy mashqlari boshlangan vaqtga to'g'ri kelgan.
Ma'lumot uchun, Kim Chen Inning qizi Kim Ju Ae 2022-yildan beri davlat OAVlarida tez-tez ko'rina boshlagan va u otasiga harbiy paradlar hamda raketa sinovlari kabi muhim tadbirlarda hamrohlik qilib kelmoqda.





