Ma’lum qilinishicha, Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari prokuratura organlari va Sudyalar oliy kengashi bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirda Pastdarg‘om tuman fuqarolik ishlari sudi sudyasi ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
U aliment ishini da’vogar foydasiga ijobiy hal qilib berish evaziga 300 AQSH dollari talab qilgani aytilmogda.
Hozirda sudyaga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zgatilib, tergov harakatlari olib borilmogda.






