AsosiyJamiyat

Тайванда талаба 4 кун узлуксиз компьютер ўйнаганидан сўнг вафот этди

Shifokorlar uzoq vaqt ekran qarshisida o'tirish hayot uchun xavfli bo'lishi mumkinligini ta'kidladi.

'Тайванда талаба 4 кун узлуксиз компьютер ўйнаганидан сўнг вафот этди'ning rasmi

Tayvanda talaba to‘rt kun va uch kecha davomida uzluksiz kompyuter o‘yinlarini o‘ynaganidan keyin sog‘lig‘i yomonlashib, vafot etdi. Bu haqda “Oddity Central” nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, to‘rtinchi kuni talaba hojatxonaga bormoqchi bo‘lganida keskin og‘riqdan qichqirib yuborgan va hushini yo‘qotgan holda yerga yiqilgan. Tekshiruvlar davomida uning miya arteriyasi yorilib, katta miqdorda qon ketishi yuz bergani aniqlangan.

Shifokorlar zudlik bilan jarrohlik amaliyoti o‘tkazgan. Talaba sun’iy nafas oldirish apparatiga ulangan va qon bosimini barqarorlashtirish uchun dorilar berilgan. Biroq ko‘rilgan choraga qaramay, u bir necha oydan so‘ng vafot etgan.

Mutaxassislar uzoq vaqt tanaffussiz kompyuter o‘yinlari o‘ynash salomatlik uchun jiddiy xavf tug‘dirishi, hatto inson hayotiga tahdid solishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

    Boshqa yangiliklar